Murojaatlar asosan ijtimoiy yordam, uy-joy, sog‘liqni saqlash, bandlik va kommunal xizmatlar masalalariga oid bo‘ldi.
Ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa mas’ullarga topshirilib, nazoratga olindi. Qonunchilikka zid talablar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.
Fuqarolarning ta’kidlashicha, bunday qabullar muammolarni tezkor hal etish va mas’ullar bilan bevosita muloqot qilish imkonini yaratmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.