2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Jizzax viloyatida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda.
Zarbdor tumanining Toshkesgan mahallasida “Tashabbusli budjet” 2-mavsumi doirasida 1,5 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 2 814 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda. Loyiha “Laylak uya karer stroy” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yangi yo‘llar aholi uchun katta qulaylik yaratib, mahallalarni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.