304 ta mahallalarni ixtisoslashtirish orqali rivojlantirish belgilangan.
Xususan, - 57 ta mahallalarni bog‘dorchilikka ixtisoslashtirish orqali 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlar yangilanadi hamda 4,6 ming gektar yer maydonida yangi intensiv sanoatlashgan bog‘ plantatsiyalari tashkil etiladi;
- 126 ta mahallalarni sabzavot va polizchilikka ixtisoslashtirish orqali 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtiriladi;
- 140 ta mahallalarni chorvachilikka ixtisoslashtirish orqali “Arnasoy” tajribasi asosida 101 ming bosh chorva mollarining nasli yangilanadi;
- 50 ta mahalla sanoatga ixtisoslashtiriladi, 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta mikro markazlar tashkil etiladi;
- avtomobilsozlik korxonalari atrofidagi 15 ta mahallalarda kooperatsiya orqali kichik ishlab chiqarishlar tashkil etiladi;
- 25 ta mahallalar turizm va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladi hamda 5 ta yirik turizm komplekslari tashkil etiladi.