Zarbdor tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Tumanning Yangiobod mahallasi hududidagi Toza urug‘ qishlog‘ida 4,3 gektar maydonda tashkil etilgan zamonaviy issiqxona samarali faoliyat yuritmoqda. Unda asosan pomidor yetishtirilib, mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda, shuningdek bir qismi xorijga eksport qilinmoqda.
Issiqxonada 50 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Mavsumiy davrda esa 150 nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Har bir gektardan 100 tonnagacha sifatli mahsulot olinayotgani loyihaning yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Mazkur issiqxona tumanda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, aholi daromadlarini oshirish va eksport hajmini kengaytirishda muhim o‘rin tutmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.