Предыдущая публикация
·٠•●♥️ ǫɪʟɪᴄʜʙᴇᴋ ♥️●•٠·

·٠•●♥️ ǫɪʟɪᴄʜʙᴇᴋ ♥️●•٠·

5 апр

Ezilgan yuragim battarroq ezdim,

Ilmoqli gapirmang dardingiz sezdim,
Eslatib turasiz berganingizni,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Ketmonimni urgan yerim qotmasdan,
Bukulib mehnatda belim qotmasdan,
Peshonada turgan terim qotmasdan,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Netay oldingizda egik boshlarim,
Ko‘zimdan chiqadi alam yoshlarim,
Bo‘g‘zimda turibti yegan oshlarim,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Boshida qilasiz savob uchun deb,
Qiyomat kelganda javob uchun deb,
So‘ng yuzga solasiz men qilganman deb,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Mehnatda o‘tadi yoz-u qishlarim,
Lek ko‘zga ko‘rinmas qilgan ishlarim,
Bergan noningizga o‘tmas tishlarim,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Siz menga o‘rgatmang o‘zim bilaman,
Buyuring ishingiz barin qilaman,
Faqat jim.gapirmang yo‘qsa o‘laman,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Ba'zilar berganin minnat qiladi,
Ularning so‘zlari bag‘rim tiladi,
Risqimni siz emas Olloh beradi,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Xaromga qo‘limni ochmaganman hech,
Noo‘rin zahrimni sochmaganman hech,
Men halol mehnatdan qochmaganman hech,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Bechora holimga hayron qolarsiz,
Osmondan kelgancha nazar solarsiz,
Olsangiz qo‘limdan ishim olarsiz,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Ko‘klarga sovrilgan kul emasman-ku,
Yo beva bechora tul emasman-ku,
Sizlardek odamman qul emasman-ku,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.
Qadrimni yo‘qotib o‘ng-u so‘limga,
Sinovlar solibdi taqdir yo‘limga,
Termulib qolgancha qadoq qo‘limga,
Mehnatdan bezmadim minnatdan bezdim.

Ezilgan yuragim battarroq ezdim, - 958613071772

Нет комментариев

Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Следующая публикация
С наступающим Днём Победы!
Почтите память героев Великой Отечественной войны
Возложить цветы
русский
Помощь
Сервисы VK
MailПочтаОблакоКалендарьЗаметкиVK ЗвонкиVK ПочтаТВ программаПогодаГороскопыСпортОтветыVK РекламаЛедиВКонтакте Ещё
Войти
·٠•●♥️ ǫɪʟɪᴄʜʙᴇᴋ ♥️●•٠·

·٠•●♥️ ǫɪʟɪᴄʜʙᴇᴋ ♥️●•٠·

ЛентаДрузья 940Фото 4 356Заметки 245Группы 11Игры Видео
  • Музыка
  • Подарки
  • О себе
Левая колонка
Все
С друзьями
Игры и приложения

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного

Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.

Зарегистрироваться