
Allambalo mish-mishlar, Do'stlarimga chaqmishlar, Dushmanimga boqmishlar, Veternarlarga nima qipti? Kimdir kimga shivirlar, G'iybat yolg'on g'ivirlar, Bilmam qaydan to'qirlar, Veternarlarga nima qipti? Ko'pirmachi bo'rtirma, Ortdan ig'vo orttirma, Ko'p boshimni qotirma, Veternarlarga nima qipti? Birovdan orqadamas, Birovdan oldindamas, Dil to'la orzu xavas, Veternarlarga nima qipti? Yelkamiz shaqqillatib, Poshnamiz taqqillatib, Yurmasak laqillatib, Veternarlarga nima qipti? Yolg'on yashiq nag'masin, Yig'ishtirib xammasin, Dil teshigin yamasin, Veternarlarga nima qipti? Dil dengizda iflos so'z, Nodirga kema qipti, Bahtlimiz tegmasin ko'z, Veternarlarga nima qipti?


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 12
Amir Temur tuzuklaridan.
Qoyilmisan?