Предыдущая публикация
Bobosher -

Bobosher -

28 фев 2015
мฉฑɠนδεřძเ Saidqulov

мฉฑɠนδεřძเ Saidqulov

Ko'zingizga bugun dunyo qanday keng,

Shodlikning bahosi nima bilan teng,
Shunday yorug' kunlar kelgani uchun,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Siz sabab chopqillab yuribdi bolam,
Siz sabab Xudoga yetyapti nolam,
Poyingizni o'psin hatto soch tolam,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Bugun davralarning to'rin berdilar,
Ulug' ustozlarning yo'lin berdilar,
Man man deganlar ham qo'lin berdilar,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Tanbeh bersalar ham gohida ranjib,
Darrov olmang yana nishingiz sanchib,
Kechiring onajon deng darrov quchib,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Ota g'animatdir, ona g'animat,
Unutmasin shuni hech bitta farzand,
Ota rozi bo'lsa Xudo rozidir,
Onalar oyog'i ostida Jannat.
Sizning farzandingiz bo'lganim baxt deng,
Men uchun chekdingiz shuncha zahmat deng,
Chiroyligim meni, mehribonginam,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Xizmatda yurarman tadbiru to'yda,
Gohida oyda bir bo'lmayman uyda,
Fayzimni bersin deb har kirgan joyda,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Duo qiling, otam izlarin bosay,
Dardlarimni aytib yuragim yozay,
Dilga suratingiz aksini chizay,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.
Madhingiz kuylaydi nega tunu kun,
Ahad Qayum degan o'g'lingiz bugun,
Shunday yorug' kunlar kelgani uchun,
Ona, boringizga shukr rahmat deng.

1 комментарий
1 раз поделились
3 класса

Нет комментариев

Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Следующая публикация
С наступающим Днём Победы!
Почтите память героев Великой Отечественной войны
Возложить цветы
русский
Помощь
Сервисы VK
MailПочтаОблакоКалендарьЗаметкиVK ЗвонкиVK ПочтаТВ программаПогодаГороскопыСпортОтветыVK РекламаЛедиВКонтакте Ещё
Войти
Bobosher -

Bobosher -

ЛентаДрузья 213Фото 123Заметки 8Группы 51Игры 2Видео
  • Музыка
  • Подарки
  • О себе
Левая колонка
Все
С друзьями
Игры и приложения

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного

Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.

Зарегистрироваться