
Raqamin so’raysan qilib tavakkal. Boshida o’zini oladi biroz. Chunki qiz bolada bo’lar ishva, noz. Bir amallab ko’nglini topasan erkak. O’sha kun, o’sha qiz eshitar ertak. Jonim, asalim seni sevaman dildan. Shirin, shakar so’zlar chiqadi tildan. Erkalanib eriydi sho’rlik qizaloq. U aslida sen uchun oddiy bir axmoq. O’zigni tutasan ba’zan eridek. U bo’lsa itoat qilar xotindek. Nixoyat uchrashuv joylari tayin. Baxtingga o’sha kun shabboda mayin. Deysan kinoga tushamiz kino ko’rgani. Biroq kinozal kutadi silarni ko’rgani. U yerdan chiqasan kino tamomlab. Ko’rmagan kinoyingni yomonlab. Xilvat joy axtarib bo’lasan xunob. Chunki gavjum joyda axvoling xarob. Nixoyat topilar odamlar yo’q joy. O’sha yer ko’rinar ko’zinga saroy. Asta sekin aldaysan qulog’iga shivirlab. Avval o’zin oladi uyalgandan qimirlab. Biroq xirsning qudrati ko’rinadi o’shanda. Ex qanchalar uyatli ming afsuski sharmanda. Iffatini unutib quchog’inga kiradi. Bu xolatni osmonda farishtalar ko’radi. Qanday gunox qilganingni afsus nodon bilmaysan. O’zingniki yetmagandek qizing sha’nin bulg’aysan. Shumi endi odamlar orzu qilgan muxabbat. Agar shu sevgi bo’lsa muxabbatga ming la’nat


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 19
poxxoy sandaqalaga b6ladi sanga gapirgani foydasi y6