
Xalovating tinching o'g'irlab
Sof sevgini armonga o'rab
Xijolat ham bo'lmay baxt tilab
Tashlab ketish oson ekanda.
Ishq bog'lagan rishtani uzib
Alamlardan yoshlar oqizib
Qonlar yutgan yurakni ezib
Tashlab ketish oson ekanda.
Sensiz yolg'iz qolaman deya
Sen bo'lmasang o'laman deya
Sevdi deya, sevaman deya
Tashlab ketish oson ekanda!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев