
Hozirgi kunda yangi firibgarlik paydo bo’ldi: sizga rusiyzabon kishi qo’ng’iroq qilib, havasni keltiradigan rejani taklif qiladi: go’yoki Binance platformasida aksiya bo’lib o’tmoqda, unga binoan kamida 100$ mablag’ kiritsangiz, sizga birdan 3% lik kirish bonusi beriladi. Undan keyin, 5 kun o’sha pul mablag’lariga teginmasangiz, kunlik 0.5% passiv daromad beriladi. Oddiy qo’ng’iroq paytida sizni shunday avrab, ishonchingizni qozonadiki, unga so’zsiz ishonib qolganingizni bilmay qolasiz.
Elektron manzilingizga Binance’dan xat keladi, unga barcha foizlar ko’rsatilgan shartnoma ilova qilinadi. Eng qizig’i, bonus ham beriladi, kunlik foizlar ham tusha boshlaydi. Barcha tranzaksiyalar Trust Wallet nomli kripto-hamyon ilovasida ko’rinib turadi. Bularning hammasi o’sha rusiyzabon “biznes sherikning” g’amxo’r yo’l-yo’riqlari ostida amalga oshiriladi.
Kishi tuzoqqa tushdi: ko’proq “sarmoya” qilish maqsadida pul qidira boshlaydi. Nafaqat o’zining pulini, balki tanishlari va yaqinlaridan qarz olib, barchasini o’sha platformaga kirita boshlaydi. Kripto-hamyonda pul ko’payishini ko’rib turgan “sarmoyador”ga undan ham ko’proq qiziqtiradigan taklif keladi: aksiya oxirlashayotgani sabab endi 3500$ pul tiksangiz, kirish bonusi 10% ga, kunlik foiz esa 1-3 gacha ko’tarildi, deb. Bunday taklif kelgan kishining ko’zlarini ochko’zlik yopib qo’yadi. Har xil yo’llar va aldovlar bilan shu pulni topadi va platformaga tikadi. 2-3 kundan keyin BARCHA pullar (o’sha oxirgi 3500$ va oldin tikilgan miqdorlar) kripto-hamyoningizdan yo’qolib qoladi, va siz bir tiyinsiz, qarzga botib, dardingizni kimga aytishni bilmay qolasiz. G’amxo’r biznes-sherik ortiq aloqaga chiqmaydi.
Bularni qayerdan bilaman? Bir tanishim 3 kun oldin shu holga tushdi va buni post qilib chiqarishimni iltimos qildi. U kabi bunday tuzoqqa tushib qolmang, oson pul topish orqasidan yugurib, hech narsasiz qolib o’tirmang! Bunday “sxemalar”ning ishlash prinsipip bir xil, shunchaki ko’rinishi har xil. Bu postni chiqarishdan maqsad – barchani ogohlantirib qo’yish! Maksimal darajada tarqatib yuboring, kimnidir shu balodan saqlab qolsak, savobi tegadi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев