Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga hech qaysi transport turi bilan
bormaslikni tavsiya qiladi, deyiladi Tojikistonning Tashqi ishlar vazirligi
ma’lumotida. Bunday keskin tavsiyaga Tojikiston fuqarolari Rossiyada asossiz
qiyinchiliklarga uchrayotgani sabab bo‘lgan.
22-mart kuni Moskva shahrida “Crocus City Hall”gi teraktdan so‘ng Tojikiston fuqarolari bosim
ostida qoldi. Reydlarda aynan Tojikiston fuqarolari qattiq tekshirila boshladi.
Rossiya jamiyatida tojikistonliklarga nisbatan yomon munosabat rivojlana
boshladi. Maktablarda tojikistonlik bolalar tengdoshlari tomonidan tahqirlanib
kelmoqda.
Qolaversa, Orenburgdagi Rossiya va Qozog‘iston chegarasida minglab
tojikistonliklar sababsiz mamlakatga kiritilmasligi kuzatildi. Chegarada qolib
ketgan tojikistonliklar bo‘yicha Tojikiston hukumati Rossiya elchisini
chaqirtirib, vaziyatdan xavotirdaligini bildirgan.
Biroq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmagach, 26-aprel kuni Tojikiston Tashqi
ishlar vazirligi tojikistonliklarga Rossiyaga zaruratsiz bormaslikni tavsiya
qilib, xalqqa murojaat qildi.
Rossiya hukumati Tojikistonning munosabatiga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5