
Nijniy Novgorod viloyati hukumati 2026-yilda patent asosida ishlaydigan xorijiy ishchilar uchun НДФЛ to'lovini belgilovchi qonunni ikki o'qishda qabul qildi. Bu miqdor oyiga 11 674,8 rublni tashkil qiladi.
Yangi to'lov miqdori ikkita koeffitsient yordamida hisoblanadi: federal deflyator (2,820) va 3,45 miqdorida belgilangan mintaqaviy mehnat bozori koeffitsienti. Rasmiylarning fikriga ko'ra , bu qiymat migrantlar va rossiyalik to‘laydigan soliqni tenglashtiradi.
📝 Qonun loyihasining xulosasida tushuntirilganidek, 2026-yilda mintaqada prognoz qilingan o'rtacha oylik ish haqi 89 710 rubl bo‘ladi. Ushbu miqdor bo'yicha shaxsiy daromad solig'i (13%) 11 662,3 rublni tashkil qiladi. Migrantlar uchun belgilangan 11 674,8 rubl to'lovi deyarli bu miqdorga teng.
“ФедералПресс” avvalroq mintaqada patent 2025-yilda oyiga 9276 rublga tushishi haqida xabar bergan edi. Yanvardan sentyabrgacha patentdan Nijniy Novgorod viloyati byudjetiga 2,2 milliard rubl tushdi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев