Предыдущая публикация
한국어 KOREYS TILI Darsliklari, Testlar

한국어 KOREYS TILI Darsliklari, Testlar

17 мая 2015

Chet tilini o‘rganishning oson

yo‘llarini bilasizmi?...
Siz biron bir tashkilot yoki firmaga ishga kirish uchun so‘rovnoma to‘ldirsangiz, albatta, “Qaysi chet tillarini bilasiz?” degan savolga ham ko‘zingiz tushadi. Hozirgi kunda o‘z ona tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarni ham bilish deyarli barcha sohalarning muhum talablaridan biri bo‘lib bormoqda. Chet tilini mukammal o‘rganishni istagan har bir inson uni o‘zi mustaqil tarzda ham o'zlashtirsa bo‘ladi. Ammo buning uchun inson psixologik jihatdan til o‘rganishga tayyor bo‘lmog‘i lozim. Xorijiy tilni o‘rganish kishidan ozgina qunt, mustahkam iroda va tartibga asoslangan kun rejasi talab etiladi.
Kato Lomb (mavzu tagida uning surati bor) kimyo sohasini egallaganligiga qaramay, dunyoning eng birinchi sinxron tarjimonlaridan hisoblangan. U 8 tilni bemalol, qiyinchiliksiz tarjima qilgan va 16 tilda esa erkin muloqot qila olgan. U davrlarda audio disklar ham, quloqchinlar ham, skayp, internet tarmoqlari ham, hattoki til o‘rganish maktablari ham bo‘lmagan. Lekin u qanday qilib bir necha xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga erisha olgan? Kato Lomb. U o'zining “Men tilni qanday o‘rganaman?” bestseller asarida xorijiy tillarni o‘rganishning oddiy va oson yo‘llarini 10 ta qoidaga asoslab, keltirib o‘tgan:
1. Til bilan iloji boricha har kuni muntazam shug‘ullaning.
Bunda xuddi sport mashg‘ulotlaridagidek, ma’lum bir tizimga asoslangan holda mashq qilish muddati belgilanadi. Hech bo‘lmasa, o‘qish va yangi so‘zlarni qaytarish uchun 10-15 daqiqa vaqt ajrating.
2. O‘qish rejasini tuzing.
Agar til o‘rganish istagi vaqt o‘tgani sayin susayib borsa, o‘z shaxsiy algoritm o‘quv rejangizni o‘ylab chiqing. Misol uchun, ozgina dars qilgach, tanaffus e’lon qilib, musiqa tinglash yoki sayr qilish mumkin.
3. So‘z birikmasi — yaxshi usul.
Hech qachon alohida so‘zlarni o‘rganmang, faqat bir-biriga qo‘shilgan, kontekst holatda o‘rganing. Masalan, agar siz “strong wind” so‘z birikmasini eslab qolgan bo‘lsangiz, demak bir so‘z ikkinchisini ham avtomatik tarzda yodda saqlashga yordam beradi.
4. Yon daftarcha tuting.
Ushbu daftarchaga o‘rgangan qo‘shma so‘zlaringizni, tayyor gaplarni yozib olish va ularni muloqotda ishlatishga harakat qilish ham katta foyda beradi.
5. Xotiraga muhrlang.
Xayolan ko‘zingizga ko‘ringan barcha narsani- reklama, qo‘shiq so‘zlarini, dialoglarni, gazetadagi maqolalarning nomlanishini tarjima qilishga harakat qiling.
6. Yod olish — foydali mashq.
Ammo faqatgina yuz foiz to‘g‘ri va o‘qituvchilaringiz tomonidan tekshirilgan so‘zlarni yod oling.
7. Iboralarni yodlang.
Muomalada keng qo‘llanadigan so‘zlar, idioma, ibora va hikmatli so‘zlarni yozib boring va zudlik bilan xotirangizda saqlang.
8. Nazariya bilan cheklanib qolmang.
Har qaysi chet tilini faqat nazariy tomondan, amaliyotdan ajralgan holda o‘rganish mumkin emas. Amaliy mashqlarga ham e’tibor qarating. Kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalarni mutolaa qiling, ingliz tilida so‘zlovchi do‘stlaringiz bilan internet orqali suhbatlashing. Shaxsan, Kato Lomb rus tilini Gogolning “O'lik qalblar” asari va kerakli lug‘atlar orqali o‘rganishni boshlagan.
9. Xatolarni to‘g‘irlashga odatlaning.
Xatolardan aslo cho‘chimang, to‘g‘irlab bo‘lmaydigan xatolardan qo‘rqing! Hech qachon va hech nimani nazoratsiz, tekshiruvsiz qoldirmang.
10. O‘zingizga ishoning.
Hech nimaga qaramay, til o‘rganishdan to‘xtamang! Yuqoridagi maslahat va amallarga rioya qilgan holda til o‘rganishni boshlasangiz, albatta, ko‘zlagan maqsadingizga уetishasiz.

Chet tilini o‘rganishning oson  - 772756154905

Комментарии 202

IMRON BEK
IMRON BEK
Aga👍👍👍
7 мая 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Alisher Asqadovich
    Alisher Asqadovich
    Фото
    2 июн 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Амир Хан
    Амир Хан
    Кореяга бориш ун нима килиш кк кимга муродат килиш кк?
    5 июн 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Mohammed Hamouda
    Mohammed Hamouda
    Espan tilini biladiganlar bormi?
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Mohammed Hamouda
    Mohammed Hamouda
    Uzr Green card tartibini Kim biladi Qayerga murojat qilsam bo'ladi
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Mohammed Hamouda
    Mohammed Hamouda
    Фото
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Mohammed Hamouda
    Mohammed Hamouda
    Фото
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    ‌‌‌‌‌‌‌‌ ‌‌
    ‌‌‌‌‌‌‌‌ ‌‌
    ответил Mohammed
    Green Card ni Google dan qidiring chiqadi aniq
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Mohammed Hamouda
    Mohammed Hamouda
    ответил ‌‌‌‌‌‌‌‌
    Rahmat
    8 авг 2018
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Мирзохиджон Якубов
    Мирзохиджон Якубов
    우즈백 사람 저힏전:
    우즈백 사람 저힏전:
    우즈백 사람 저힏전:
    Ассалому алейкум достлар кареяга окишга кетмокчи болганлар дикатига Тегу шахридаги йонгнам унверстетига йозги семестир тил курсига дакуметлар кабул килиш бошланди кантракт толави 1300-1700$гача толик визага хам йордам берамиз  малумот учун тел:+998935713008 +998909276507
    1 мар 2019
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Prince ✓
    안녕
    21 апр 2019
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Dilshodbek Toxtapolatov
    안녕 하ㅐ요.
    23 авг 2019
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Dilwod Xosilov
    Dilwod Xosilov
    Asalom alekum man koreaga iwga ketmoxcidm
    13 ноя 2019
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Имя неТ Фамиля секреТ
    Имя неТ Фамиля секреТ
    ответил Dilshodbek
    안녕하세요
    14 янв 2020
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Имя неТ Фамиля секреТ
    Имя неТ Фамиля секреТ
    여러분 안녕하세요
    14 янв 2020
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    💎ღ𝓐𝓵𝓲 𝓼𝓱𝓮𝓻ღ💎
    💎ღ𝓐𝓵𝓲 𝓼𝓱𝓮𝓻ღ💎
    Rus, inglis,kareis,va Arab tillarini booknomy bilan 6oyda organing. Bizda audio va elektron kitoblar mavjud skaner variyantta. Bemalol eshtib,o'rganishinglar mkumkun bo'ladi.Telegram orqli tashlab beramiz. Bita kitob 200 rubl telegram manzil statusmda
    29 дек 2020
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    СЕВГИ КЕРАК ЭМАС ТИНЧЛИ КЕРАК
    СЕВГИ КЕРАК ЭМАС ТИНЧЛИ КЕРАК
    Koreyaga joʻnatadigan odam bormi
    30 дек 2020
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Аьзамжон Хушвактов
    Аьзамжон Хушвактов
    Онасини омиям юк
    31 дек 2020
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    앉이도 소도 당신을 사랑 한다 더우드벡
    앉이도 소도 당신을 사랑 한다 더우드벡
    ответил Имени неТу
    안녕하세요
    22 июн 2021
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Shakhira ((zamujem)) 🍃
    Shakhira ((zamujem)) 🍃
    Juda kerakli va ajoyib malumotlar.baraka toping
    23 ноя 2021
  • Нет комментариев
    Новые комментарии
    Новые комментарии
    Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
    Следующая публикация
    Свернуть поиск
    Сервисы VK
    MailПочтаОблакоКалендарьЗаметкиVK ЗвонкиVK ПочтаТВ программаПогодаГороскопыСпортОтветыVK РекламаЛедиВКонтакте Ещё
    Войти
    한국어 KOREYS TILI Darsliklari, Testlar

    한국어 KOREYS TILI Darsliklari, Testlar

    ЛентаТемы 241Фото 545Видео 18Участники 8 700
    • Подарки
    Левая колонка
    Всё 241
    Обсуждаемые

    Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного

    Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.

    Зарегистрироваться