Предыдущая публикация
Toshkent shahar IIBB - ГУВД города Ташкента

Toshkent shahar IIBB - ГУВД города Ташкента

2 апр

Kelajakni birga yaratish yo‘lida

Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, vatanparvarlik va ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, salohiyati kuchli va barkamol avlodni yetishtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ma’lum. Prezidentimiz tomonidan payshanba “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani munosabati bilan poytaxtimizning Yunusobod tumanida shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, muammolarini tinglash bo‘yicha “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Shuningdek tuman aholisining murojaatlarini o‘rganish, ularni tashvishlantirib kelayotgan masalalarga qonuniy yechim topishga bag‘ishlangan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir yoshlarda unutilmas taasurotlar qoldirdi. Harbiy orkestor ijrosidagi tarona ostida kutib olingan yoshlar shahar hamda tuman rahbarlari bilan uchrashib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda yoshlarning kelgusi hayotlarida o‘z munosib o‘rinlarini topish, baxtli istiqbolini yaratishlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning muammolarini hal qilish choralari haqida so‘z yuritildi. “Yoshlar balansi”ni, “Yoshlar bilan ishlash raqamli platformasi” faoliyatini shakllantirish jarayonida qizil toifaga kiritilgan to‘rt yarim mingdan ortiq yoshlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tuman hokimliklari, vazirlik va boshqa idora rahbarlariga biriktirilgani va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida ellikdan ortiq yoshlarning muammolari o‘rganilib, 14 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 39 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi. Xususan, 4 nafar yoshning foydali mehnat bilan bandligi ta’minlandi.7 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi, 2 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi, sportning velosport turi bilan professional tarzda shug‘ullanish istagini bildirgan bir nafari velosport to‘garagiga joylashtirilib, zaruriy sport anjomlari bilan ta’minlandi. Bir nafar yoshga fuqarolik pasporti ( ID) olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, o‘z muammolari hamda og‘riqli savollariga javob topish maqsadida tashrif buyurgan tumanda faoliyat yurituvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarning muammolari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni sabablari o‘rganib chiqildi. Ularni ijobiy hamda qonuniy hal etish bo‘yicha malakali huquqiy tavsiya va maslahatlar berilishi bilan birga ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160433774
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160433518
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160433262
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160433006
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160432750
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160432494
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160432238
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160431982
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160431726
Kelajakni birga yaratish yo‘lida - 5377160431470

Нет комментариев

Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Следующая публикация
Свернуть поиск
Сервисы VK
MailПочтаОблакоКалендарьЗаметкиVK ЗвонкиVK ПочтаТВ программаПогодаГороскопыСпортОтветыVK РекламаЛедиВКонтакте Ещё
Войти
Toshkent shahar IIBB - ГУВД города Ташкента

Toshkent shahar IIBB - ГУВД города Ташкента

ЛентаТемы 9 983Фото 13 914Видео 5 627Участники 5 172
  • Подарки
Левая колонка
Всё 9 983
Обсуждаемые

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного

Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.

Зарегистрироваться