
Sal rangim oqarsa soʻraysan holim
Erkalab aytasan"Hayotim, borim"
Senga bir sirimni ochaymi yorim
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Aytganim muhayyo qilasan zumda
Parvona boʻlasan hoh yarim tunda
Atay ham betobman har ikki kunda
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Boshlangan kunlarim mazmuni oʻzing
Mehrla boqadi bu qaro koʻzing
Faqat mening uchun kulsa bu yuzing
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Baxtlarga toʻldirding har bir kunimni
Muhabbat bobida axtliman bilsang
Jannatda ham oʻzing tutsang qoʻlimni
Betoblik ham yoqar yonimda boʻlsang
Baʼzida koʻnglingni qilaman yarim
Seni yaxshi koʻraman Alloh berganim
Sen boʻlsang yonimda qolmaydi kamim
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Yonimdan ketmaysan bir qadam nari
Dorilar tutasan tabib singari
Sevgingni kuchini koʻrganim sari
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang...
Yelib-yugurasan koʻnglimni olib
Umidsiz qalbimga umidlar solib
Men bilan boʻlganda ishlaring qolib
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Yoʻllarim intizor har kuni kutsang
Soatlar toʻxtaydi qoʻlimdan tutsang
Yonimda gʻamlarni mutloq unutsang
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Yuz-u, koʻzlaringda havotir kezar
Bilaman qalbingni nimalar ezar
Balki koʻngling sezmas, yo balki sezar
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsan
Qalbimda sevgini yaratganimsan
Doimo tug'ri yul ko'rsatganimsan
Alloh deb qiblaga qaratganimsan
Bemorlik ham yoqar yonimda boʻlsang
Tanamdan jonimni olsa ham Xudo
Roziman shu on ham yonimda tursang
Ahir qalbimiz bir boʻlmaymiz judo
Oʻlim ham yoqadi yonimda boʻlsang...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев