Majburman... Hech nima demadi.
Deyolmadi.
Nima ham desin? Men uchun
ota- onangizni ra’yiga qarshi
boring, desinmi? Ularni norozi
qilib baxtli bo’laylik desinmi?
Qanday qilib? Alamini ko’z
yoshlaridan oldi.
Uzoq yig’ladi. Uning bilan bir
butun bo’lib turgan dunyo biri
kamga aylandi qoldi. Yer-u
ko’k zulmatga cho’mdi. Bo’m-
bo’sh, hammayoq bo’m bosh…
uning yonida ko’z ochib
yumguncha o’tib ketguvchi
vaqt endi atayin borgan sari
immilaydi. Qiz ko’zlarini
yumadi. Qani uxlab qolsa,
so’ng uyg’onsayu bu azoblarning
hammasi tushga
aylansa… ko’zlarini ochgani
hamon har doimgidek uning
ovozini eshitsa:
“Buncha uyquchi bo’lmasang?
Sog’inchdan ado bo’ldimku
uyg’onishingni kutaverib…”
***
- Bilasanmi, men nimani
hohlayman?
- Nimani?
- Birinchi farzandimiz qiz
bo’lishini. Xuddi senga
o’xshagan.
- Ey yo’q bo’lmaydi! Sizga
o’xshaydi. Menga o’xshasa
hunuk bo’lib qoladi.
- Bekor aytibsan! Ko’zlari,
sochlari, yuzlari, hamma
hammasi senga o’xshagan
bo’ladi. Huddi onasiga
o’xshagan chiroyli bir qizcha…
- Ismi Asal bo’ladi.
- Xa endi oyijonisiga o’xshagan
bo’lsa, Asal bo’ladi-da.
***
- Uyimizning devorida
ikkimizning suratimiz bo’ladi.
Kattakon! Har safar unga
ko’zimiz tushganida
hayotimizning eng baxtli
laxzalarini eslaymiz.
- Bizning hayotimizning har
laxzasida baxt bo’ladi.
- Chunki yonimda sen
bo’lasan! ***
… Undan biror xabar, aqalli
birgina qo’ng’iroq kutadi. Kuta-
kuta uxlab qoladi. Saxarlab
ko’zlarini ochadiyu avvallari
uning dastidan tin olmaydigan,
xozir esa yostig’ining yonida
sas- sadosiz, mung’ayibgina
yotgan telefoniga shosha-
pisha qaraydi. Ko’zlari ochilib
ulgurmay yana yoshlanadi.
Qayeri og’riyotganini bilmaydi,
ammo qattiq og’riydi, yomon
og’riydi…
***
- Bizning orzularimiz qachon
ro’yobga chiqarkin-a?
- Mana ko’rasan, ularning
hammasi ushaladi, hech
kimnikiga o’xshamagan to’y
kunimiz , shiringina uyimiz,
kichkintoylarimiz…
- Biz baxtli bo’lamiz Hudo
hohlasa! - Hudo hohlamasa
uchrasharmidik…
***
Bo’lmaydi. Qayga boqsa u,
nega boqsa u! alamlar jon –
jonida o’tib ketadi. “Unutaman!”
Qiz suratlarni bitta- bittalab
o’chirib chiqadi. Qo’li tugul
butun vujudi kuyib ketsada
o’chiradi. Bitta ham
qoldirmaydi. So’ng uning ismi
yozilgan neki borki o’chiradi.
Xabarlarni ham, raqamlarni
ham... xar diydordan guvox,
aziz esdalik deya u hadya
etgan guldastalardan bitta
bitta sug’urib, qurutib asrab
qo’ygan atirgullarini derazadan
uloqtiradi. Uni eslatuvchi hech
nima qolmaydi. Hech nima…
Biroq… qani imkoni bo’lsayu
uning nomi yillarda o’chirishga
qodir bo’lmaydigan qilib o’yib
yozilgan yuragini ham su’gurib
olsa! Beixtiyor uning ismini
shivirlab qoladigan tilini kesib
olib uloqtirsa, hayollarini
zanjirband etib tashlasa!
Shunda unutarmidi uni,
shunda tugarmidi bu hadsiz
azoblar?...
***
- Men qo’rqaman. Qachonlardir
ayrilishimizdan, ayirishlaridan
qo’rqaman…
- Jinnivoy! Unday dema, bizni
hech kim hech qanday kuch
ayirolmaydi. Axir bu yuraklarni
bir- biridan ayirish mumkinmi?
Bir-birisiz, yarim xolda yashay
oladimi ular? Hech qachon…
*** Qiz shoshib zinalardan
pastga
enadi. Tashqariga otilib
chiqadi. O’tlarni orasini
paypaslab qidiradi.
“Shu yerga tushgan bo’lishi
kerakku, qani ular, qani?” Topadi.
O’zi kabi so’lg’in
yaproqlari quruqshagan
atirgullar poyida tiz cho’kadi.
Asta qo’llariga olib,
avaylabgina bag’riga bosadiyu
o’krab yig’lab yuboradi. Sog’inch,
alam, istirob, armon
yoshlariga shu qadar g’arq
bo’ladiki, xatto, yelkalaridan
tutgan barmoqlar taftinida
sezmaydi.
- Nargiz … Men keldim. Ular rozi
bo’lishdi…
Titroq qo’llarda gunoxkordek
mung’ayib turgan so’lg’in
gullar hajr sinovidan o’tgan
qalblar poyiga sochilib ketadi.!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев