
Hayot asli bir goʻzal gulshan,
Gulshanda uchraydi gohida tikan.
Tikanning nishida zahri bor ekan,
Mehringiz baribir boshqacha opa.
Shu gulshan ichida oʻynar kapalak,
Kapalak uchunmi bir jonim halak.
Qasdma-qasd aytaman, tinglasin falak:
Mehringiz baribir boshqacha opa.
Intilganni doim siylarkan Xudo,
Taqdir qismatidan qilmasin judo.
Koʻksimning tubida mangu bir nido,
Mehringiz baribir boshqacha opa!
08.03.2014
©Javohir OSMON
#opa
#javohir_osmon
☝️ Muallif nomisiz tarqatilmasin!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев