
Yashamdim yonib misli bo'lib chog'.
Ketsam ne o'zgarar kim yig'lar yelib.
Kimidir xotirasida borman yoki yo'q.
Eslashga arzimas insonman balki.
Dunyoni changimda qoldirmadim jim.
Bilsangiz eslamoq savobdir garchi.
Savob uchun eslarmi meni allakim.
Kimningdir ko'ngliga teginib o'tdim.
Kimgadir parvo ham qilmadim nogoh.
O'lsam yaxshi inson rahmatli deya.
Qabrim ustida bo'ling do'st guvoh.
Kulmang bu so'zlarga bir kun ketamiz.
Totajakman bir kun o'lim sharbatin.
Faqqat bilmayman qaysi kun qay vaqt.
Alloh belgilab qoygan mening navbatim.
Academios ijodidan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев