Свернуть поиск
Правая колонка
Bir bor qattiq och qoldim. Ochlikni aritish uchun menda xech narsa yo'q edi. O'sha vaqtlarda ipak xaltacha topib oldim. Uning og'zi ipak bogich bilan boglangan edi. Uyga kelib uni ochgan edim ichida qimatbaxo taqinchoq bor edi. Bunaqasini xech xam kormagan edim. Bir kishi o'sha taqinchoq xaqida e'lon kilayotgan ekan. Qolida 500 dinor solingan bir xaltacha bo'lib, xaltachani topib, qaytarib berganga beraman, deb turgan ekan. Men esa och va muxtoj edim. Tillani olib, taqinchoq solingan xaltachasini qaytarib bermoqchi bo'ldim va oldimga kelingchi, dedim. U menga taqinchoq solingan xaltachani sifatlab, undagi toshlar sonini aytib berudi, xaltachani unga topshirdim. U menga 500 dinor berdi. Men esa olmasdan, uni sizga qaytarib berish menga vojibdir, evaziga narsa olishim yaxshimas dedim. Keyinchalik Makkadan ketdim. Kemaga mindim. Kema xalokatga uchrab odamlar g'arq bo'lishdi. Men kemaning bir parchasini ustida jon saqlab, salomat qoldim. Yog'och parchasi meni oqizib, odamlar yashedigan bir orolga olib keldi. U yerdagi masjidlardan biriga borib qo'nim topdim. Tinmay Qur'on o'qirdim. Qiroatimni eshitgan odamlar menga xan Qur'on o'rgatsangiz, deb oldimga kela boshlashdi. Shu orqali kunim xam o'tar, risqim xam yetar edi. Odamlar mendan o'qish yozishni xam bilasizmi dep so'rashgan edi, men xa, deb javob berdim. Natijada ularning bolalariga xam o'qish yozishdan saboq bera boshladim. Keyinchalik ular menga mol dunyosi ko'p bir yetim qizga uylanish taklifini qilishdi. Men ko'nmadim. Ular qattiq turib olishgach men rozi boldim. Nikoxdan keyin qizning qarindoshlari bilan bir xonada o'tirgan edik, qarasam qizning boynida o'sha men Makkada topib olgan taqinchoq shodalari turar edi. Yonimdagilar meni taqinchoqqa ajablanib qattiq tikilib kolganimni ko'rib, " Ey shayx, siz qizning jamoliga qaramay taqinchoqqa qarab qizning qalbiga ozor berdingiz ", deyishdi. Men esa ularga bu taqinchoq qissasini aytib berdim. Odamlar baland ovozda takbir aytib yuborishdi. Ularga buncha qichqirmasangiz, sizlarga nima bo'ldi, desam ular sizdan bu taqinchoqni qaytarib olgan kishi bu qizning otasi edi. U doim " Alloxim, uni men bilan uchrashtirsangu, men unga qizimni nikoxlab bersam ", deb duo qilar edi. Uning bu duosi qabul bo'lgan ekan diyishadi. Men u ayoldan ikki ogil farzand ko'rganimda u ayol vafot etdi. Keyinchalik ikkala o'glim xam vafot etgach taqinchoq menga meros bo'lib koldi. Men uni 100 000 dinorga sotdim. Shayx Abdulboqiy bu rivoyatni qissa qilib berar ekan, atrofdagilarga " Sizlar ko'rib turgan bu barcha mol dunyoyim o'sha taqinchoqdan qolgandir", dedi

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев