
Menchi, qo'lingdagi bir ishchidirman.
Dasturi amaldir u yerda so‘zing,
Ish ham yuritilar farmoning bilan.
Ul jallod ko‘zlaring - bo‘lim boshlig‘i,
Shaxsiy soqchilaring -kipriklaringdir.
Noz-u ado bilan bag‘ir toshligi,
Idorani ochgan sheriklaringdir.
Men-ku, ishlayapman tun-u kun tinmay
Kundalik me'yordan ortig‘in qilib.
Sen ham visoling maoshin kesmay
To'liq beryabsanmi holimni bilib ?
Shundoq ham bezorman "g'am" solig'idan
Oydamas har kuni yo'liqgum unga
Ajabmas oldinga kirsam qaytadan
Arizamni yozib: "Chidolmam bunga"
Shunda sen arzimni hazilga yoy-u
O'tkir qarash qilgin mayli boshliqdek
"Sevaman" deb avval muhringni qo'yu
"To abad" deb so'ngra imzoingni chek !


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев